Londondan Gonkongga reysni amalga oshirayotgan Cathay Pacific aviakompaniyasiga qarashli Boeing-777 samolyoti 17-aprel, yakshanba kuni Olmaotaga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bunga samolyot bortidagi to‘rt oylik bolaga tibbiy yordam kerak bo‘lganligi sabab bo‘ldi.
Aeroport tibbiy xodimlari bolaning o‘limini qayd etdi. Bunga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Chaqaloqning ota-onasi uning jasadini o‘zlari bilan olib ketishga qaror qilgandan keyin, samolyot belgilangan punktga uchib ketdi.
Izoh (0)