O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov Buxoro shahrida o‘tkazilgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil qiluvchi Bukhara International tennis turnirining vitse-chempioniga aylandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, final bahsida 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi belaruslik Ilya Ivashkaga qarshi bahs olib bordi. 59 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:1, 6:1 hisobi qayd etilib, belaruslik tennischining foydasiga hal bo‘ldi va u bosh sovringa ega chiqdi.
Taqqoslash uchun, Temur Ismoilov ATP reytingida 446, Ilya Ivashka esa 365-pog‘onani egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, final bahsiga qadar Temur o‘zbekistonlik Pavel Soyni 6:2, 6:2, serbiyalik Iliya Vuchichni 6:2, 6:1, Mixail Ledovskixni 6:1, 6:4, hamda o‘zbekistonlik Humoyun Sultonovni 6:2, 6:7, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)