Rossiyaning maxfiy zirhli mashinasi birinchi marta maxsus operatsiyada qatnashdi

Maxachqal’a yaqinidagi maxsus operatsiyalar chog‘ida jangovar muhitda birinchi marta “Falkatus” zirhli mashinasi ishtirok etdi, deb yozadi “Vesti.ru”. U Federal xavfsizlik xizmati uchun maxfiy loyiha bo‘lib, hatto uning aniq texnik xususiyatlari ham noma’lum.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Ta’kidlanishicha, ushbu zirhli avtomobil “KamAZ” “ralli” avtomobilining ikki o‘qli shassisi asosiga qurilgan, shuningdek, bir nechta mashina bo‘lib, ularning har biri bir-biridan farq qiladi.

Rossiyalik konstruktorlarning mazkur ishlanmasini hali ish vaqtida hech kim ko‘rmagan edi. Ammo e’tiborli blogerlar Dog‘istondagi maxsus operatsiya kadrlarida “Falkatus” zirhli mashinasini payqab qoldi. Undan Leninkent qishlog‘ida bir yo‘la ikkita muassasa — IIV va FXX jangchilari foydalandi.

“Falkatus” jamoatchilikka birinchi marta fevralda namoyish etilgan edi. O‘shanda zirhli mashina konstruksiyasini Rossiya prezidenti, mudofaa vaziri va FXX rahbari baholashga muvaffaq bo‘lgan edi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing