Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Soyib Qurbonov kumush medal sohibiga aylandi, deb xabar beradi “Sports.uz”.

Soyib Qurbonov . Foto: “Sports.uz”

Soyib Qurbonov.
Foto: “Sports.uz”

Bugun, 16-aprel kuni -100 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Soyib Qurbonov birinchi davrada Xitoy Taypeyi vakilini, chorak finalda Eron terma jamoasi a’zosini, yarim finalda esa qozog‘istonlik Maksim Rakovni dog‘da qoldirdi. Finalda esa o‘zbekistonlik dzyudochi London–2012 Olimpiadasining sovrindori, mo‘g‘ulistonlik Tuvshinbaya Naydanga yengildi.

Shuningdek, 16-aprel, shanba kuni -100 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Ramziddin Saidov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Diyorbek O‘rozov va Mirali Sharipov mos ravishda Osiyo chempionatining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, mazkur Osiyo chempionatida Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolari ham o‘ynalmoqda. Xususan, birinchi o‘rin sohiblari 400, kumush medal sovrindorlari 260, uchinchi o‘rin egalari esa 160 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.