Ispaniya politsiyasi 15-aprel, juma kuni “Toza qo‘llar” korrupsiyaga qarshi kurashish tashkilotining rahbari, huquqshunos Migel Bernardni hibsga oldi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Migel Bernard Ispaniya malikasi Kristinani moliyaviy tovlamachilikda ayblagan edi. U moliyaviy jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim ofitserlari tomonidan hibsga olindi.
Tashkilot Bernardning hibsga olinishi yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.
Avvalroq Ispaniya politsiyasi “Toza qo‘llar” tashkilotining faoliyati yuzasidan surishtiruv doirasida o‘n kishining hibsga olinganligini e’lon qilgan edi. Tergov taxminiga ko‘ra, ushbu guruh amaldorlari u yoki bu shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilib, ulardan to‘lov undirishni ko‘zlagan. Shundan keyin da’vo olib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya malikasi Kristina soliq to‘lashdan qochish va davlat mablag‘ini o‘marishda ayblangan edi.
Izoh (0)