Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya janubi-g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning o‘chog‘i Kumamoto prefekturasining Uyeki shahridan 7 kilometr uzoqda qayd etildi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Mamlakat meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila 2011-yildan beri eng kuchlisi va uning magnitudasi 7,0 bo‘ldi.

Kyodo News bir kishi halok bo‘lgani, 50 dan ziyod kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilganini bildirdi. NKH World mahalliy politsiyaga tayanib, Masiki posyolkasida 12 kishi jabrlangani haqida xabar qildi.

Ma’lumot uchun, 2011-yil 11-martda ro‘y bergan 9,0 magnitudali zilzila salkam 16 ming kishining umriga zomin bo‘lgan, 2,5 mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat