AQSh qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi 12-aprel kuni Boltiq dengizida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotlari va Ka-27 vertolyoti Amerikaning “Donald Kuk” eskadrilya mina tashuvchisi yaqinidan uchib o‘tishi aks etgan videoni e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Xabarnomada 11—12-aprel kunlari yuz bergan Rossiya aviatsiyasi bilan bog‘liq bir nechta hodisa haqida ma’lum qilindi. 11-aprel kuni kunduzgi 3:00 atrofida Rossiyaning ikkita Su-24 bombardimonchi samolyoti mina tashuvchi yaqinidan past masofada uchib o‘tdi. Manyovrlardan biri xavfli deb topildi, chunki bu paytda kema bortida vertolyot yoqilg‘i to‘ldirayotgan edi.
12-aprel kuni kechki 5:00 atrofida Rossiyaning Ka-27 vertolyoti “Donald Kuk” atrofidan yetti marta aylanib o‘tdi. Bu ham xatardan holi bo‘lmagan parvoz deb topildi.
https://www.youtube.com/watch?v=e-pLgvJULOM
https://www.youtube.com/watch?time_continue=1&v=vkkCZwiENh8
Izoh (0)