Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionatining (Yevro–2016) o‘yinlariga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan muxlislarga chiptalar suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikka chaqirdi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
Xabar qilinishicha, qalloblar ushbu suratlardan foydalanib, chiptalarni qalbakilashtirishi mumkin.
“Yevro–2016 turniri chiptalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan muxlislar xavf ostida. Ularning chiptalari qalbakilashtirilishi va buning oqibatida ular o‘yinga kiritilmasligi mumkin”, – deyiladi UEFA murojaatida.
Ma’lumot uchun, Yevro–2016 uchrashuvlari Fransiyaning Parij, Sen-Deni, Marsel, Lion, Lill, Bordo, Tuluza, Lans, Sent-Etyen va Nitssa shaharlarida, 10-iyundan 10-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)