O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Xitoyning Shenchjen shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollariga teng ITF turkumidagi tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada xitoylik Lin Chjuga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sabina Sharipova WTA reytingida 210, 22 yoshli xitoylik tennischi esa 166-pog‘onani egallab kelmoqda. Musobaqaning ikkinchi davrasida O‘zbekiston vakili boshqa bir xitoylik tennischi Jing-Jing Luga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Sabina Sharipova o‘tgan hafta Yaponiyaning Kashiva shahrida bo‘lib o‘tgan, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat Kashiwa Open tennis turnirining chorak finaliga qadar yetib borgandi. Qizig‘i, Kashivadagi turnirning birinchi davrasida ham Sabina Lin Chjudan ustun kelgandi.
Izoh (0)