O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Buxoro shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng ITF turkumidagi Bukhara International tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, dastlabki davrada bolgariyalik Vasko Mladenovga qarshi kortga chiqqan o‘zbekistonlik 17 yoshli tennischi 4:6, 6:1, 7:6 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida Humoyun Sultonov rossiyalik Denis Matsukevich hamda gruziyalik Aleksandr Metreveli uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, Bukhara International tennis turnirida o‘zbekistonlik tennischilardan Jo‘rabek Karimov, Temur Ismoilov, Pavel Soy, Shonig‘mat Shofayziyev hamda Azizbek Luqmonov o‘z ishtirokini bugun, 12-aprel kuni boshlaydi.
Izoh (0)