Amerikalik 69 yoshli tennischi Geyl Falkenberg AQShning Pelxem shahrida bo‘lib o‘tayotgan ITF turkumidagi tennis turnirining ikkinchi saralash bahsida dunyoning 389-raketkasi, 20 yoshli hamyurti Teylor Taunsendga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Atigi 36 daqiqa davom etgan bellashuvda Falkenberg ikki set natijasiga ko‘ra, 0:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
1947-yilda tavallud topgan Geyl Falkenberg professional tennisdagi faoliyatini 1986-yilda boshlagan. 1987-yilda u Oklend (Yangi Zelandiya)dagi turnirning asosiy bosqichida, 1988-yilda esa Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslarida ishtirok etgan. Uning xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) reytingida qayd etgan eng yuqori natijasi 360-o‘rin bo‘lgan.
Pelxemdagi turnirning saralash bahslari ilk davrasida 69 yoshli tennischi 22 yoshli Rozalin Smollni 6:0, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)