2016-yil 8-aprel kuni “Qazaqstan temir joli” MK AJ delegatsiyasi kompaniya prezidenti Asqar Mamin boshchiligida O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.
Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Botir Zokirov, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov tomonidan qabul qilindi.
Muzokaralar davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada o‘stirish masalalarini muhokama qildi.
Yuk tashish hajmini oshirish maqsadida tomonlar moslashuvchan tarif siyosatini davom ettirish haqida kelishib oldi. Tomonlar don, un, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar va boshqa yuklarni tashish uchun tranzit tariflar bo‘yicha chegirmalar taqdim etish ehtimolini ko‘rib chiqdi.
Tomonlar ikki mamlakat korxonalari ishlab chiqargan temir yo‘l transportiga mo‘ljallangan mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishi aytildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)