Peruda o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik va parlament saylovlari oldidan yuz bergan qurolli hujum natijasida uch kishi o‘ldirilgan. Yana olti kishi jarohat olgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mahalliy nashrda ta’kidlanishicha, hujumga “Sendero luminoso” chap radikal terrorchilik guruhi aloqador.
Jinoyat ovoz berish jarayoni o‘tkaziladigan joyga saylov byulletenlarini olib borayotgan fuqarolarga qarshi sodir etilgan. O‘ldirilganlardan ikki nafari harbiy xizmatchi, yana biri esa oddiy fuqaro bo‘lgan.
Avvalroq “Sendero luminoso” vakillari saylovlarni tashkil etishga har tomonlama to‘sqinlik qilishini ma’lum qilgan edi.
Peruda 10-aprel, yakshanba kuni prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)