Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida yashovchi fuqaroga Lotto Max lotereyasida 50 million Kanada dollari (38,3 million dollar) yutuq chiqdi. Bu haqda Toronto Sun nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Hozirgi paytda xaridor chiptani Kelouna shahrida sotib olganligi ma’lum. Lotereyada yutuq chiqqan odamning nomi oshkor etilmagan.
Nashrning ma’lum qilishicha, bu Kelouna aholisining yil davomidagi ikkinchi yirik yutug‘idir. Fevral oyida mahalliy fuqaro 6/49 lotereyasida 21,9 million Kanada dollari (16,75 million dollar) yutib olgan edi.
Izoh (0)