Argentina prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga noqonuniy pullarni legallashtirish bilan bog‘liq ish yuzasidan ayblov qo‘ydi. Bu haqda, La Nacion gazetasiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
Aytilishicha, ish doirasida qo‘lga olingan biznesmen Leonardo Farina so‘roq chog‘ida bergan ko‘rsatmalar asosida ushbu ayblovlar ilgari surilgan. U Kirshner xonim va uning eri jamoatchilik ishlariga mo‘ljallangan pullarni o‘zlashtirish va legallashtirishga aloqadorligini tan olgan.
Bundan tashqari, jinoyatga sobiq federal rejalashtirish, davlat investitsiyalari va xizmatlari vaziri Xulio De Vido ham aloqadorligi aytilmoqda.
Izoh (0)