Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 4-turni “Obod” va “Qizilqum” klublari boshlab berdi. 2016-yilgi mavsumdan e’tiboran Oliy Ligada ilk bor ishtirok etayotgan Toshkentning “Obod” klubi o‘yinning 86-daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib borgan uchrashuvning 13-daqiqasiga kelib Navoiy klubi penaltidan hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi Ilhom Yunusov avvalgi uch turda 4 ta gol urgan bo‘lib, shularning 3 tasida penaltidan muvaffaqiyat qozongandi.
Qayd etish kerak, “Qizilqum”ning 1-tur doirasidagi “Mash’al”ga qarshi o‘yinida ham Ravshan Ermatov mehmonlar darvozasi tomon ikkita 11 metrlik jarima belgilagandi. Shu tariqa 4 ta o‘yinda 5 ta gol urgan “Qizilqum” futbolchisi Ilhom Yunusov to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Toshkentning “Obod” klubi dastlabki uch turda bittagina durang qayd etgan bo‘lib, qolgan ikkita o‘yinni boy bergan, qo‘shimchasiga raqib darvozasiga yo‘l topa olmagandi. Jamoaning Oliy Ligadagi birinchi goli “Qizilqum”ga qarshi o‘yinning 25-daqiqasida Pavel Solomin tomonidan kiritildi.
Ikkinchi bo‘limning 12-daqiqasida Shoxruz Norxonov “Obod”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 86-daqiqaga kelib Fayzulla Qambarov muvozanatni tikladi.
4 ta o‘yinda 2 ochkoni qo‘lga kiritgan “Obod” 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” esa ochkolari sonini 10 taga yetkazib, 9-aprel holatiga ko‘ra Oliy Liga peshqadamiga aylanib oldi.
Oliy Liga 4-tur bellashuvlari 9-aprel, shanba
“Obod” — “Qizilqum” 2:2
Gollar: Ilhom Yunusov, 13-pen (0:1). Pavel Solomin, 25 (1:1). Shoxruz Norxonov, 57 (2:1). Fayzulla Qambarov, 86 (2:2).“Qo‘qon—1912” — “Buxoro”“Mash’al” — “Navbahor”“Andijon” — “Neftchi”“Olmaliq” — “Metallurg”
10-aprel, yakshanba“Sho‘rtan” — “Bunyodkor”“So‘g‘diyona” — “Lokomotiv”
11-aprel, dushanba“Paxtakor” — “Nasaf”
Izoh (0)