Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Eybar”ga qarshi Ispaniya chempionati 32-turiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
9-aprel, shanba kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni jarohati tufayli hujumchi Karim Benzema va himoyachi Rafael Varan o‘tkazib yuboradi. “Barselona”ga qarshi (2:1) Ispaniya chempionati 31-turida maydondan chetlatilgan Serxio Ramos diskvalifikatsiyasini o‘taydi va mazkur o‘yinda ishtirok etmaydi.
Shuningdek, Zinedin Zidan darvozabon Keylor Navas va Luka Modrichga dam berishga qaror qildi. Quyida “Real”ning “Eybar”ga qarshi o‘yinga chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati keltirilgan.
Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Ruben Yanyes, Kraninks.
Himoyachilar: Pepe, Nacho, Marselo, Dani Karvaxal, Alvaro Arbeloa, Danilo.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Garet Beyl, Mateo Kovachich, Kasemiro, Isko.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Borxa Mayoral, Lukas Vaskes, Xese.
Ma’lumot uchun, “Real” – “Eybar” uchrashuvi 9-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)