Oxirgi bir hafta mobaynida Pokistonning shimoli-g‘arbiy tumanlarida sodir bo‘lgan toshqinlarning qurbonlari soni 93 kishiga yetdi. Bu haqda, Pokiston tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha milliy idora bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 90 kishidan ortgani haqida xabar berilgan edi.
Idora taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, 2–7-aprel orasida 79 kishi aziyat chekkan, 1346 uy xo‘jaligi vayron bo‘lgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatlar Xaybar-Paxtunxva, Gilgit-Baltiston va Pokiston Kashmiridir.
Izoh (0)