Mossack Fonseca firmasining asoschilaridan biri nemis huquqshunosi Yurgen Mossak Panama hukumati qoshidagi tashqi ishlar bo‘yicha maslahat kengashini tark etdi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotiga tayanib, Associated Press ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, kengash norasmiy maqomga ega bo‘lgan, Mossakning lavozimi uchun esa haq to‘lanmagan.
3-aprel kuni ofshorlar to‘g‘risidagi katta ko‘lamdagi surishtiruv natijalari chop etilgandan keyin Mossack Fonseca firmasi mojarolar markazida bo‘lib qoldi.
Avvalroq kompaniya asoschilaridan biri Ramon Fonseka surishtiruv mualliflarini faktlarni noto‘g‘ri talqin etishda ayblagan va kompaniya hech qachon qonunni buzib faoliyat yuritmaganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)