Urugvay terma jamoasi va “Barselona” futbol klubi hujumchisi Luis Suaresning sobiq agenti Daniel Fonsekaning aytishicha, hujumchida jiddiy ruhiy muammolar bor. Bundan tashqari, Fonseka futbolchining qandaydir uyatga qoldiradigan siri haqida bilishini ham ta’kidladi, deb xabar beradi “Sport-Ekspress”.
“Suares ruhiy muammolarga duchor bo‘lgan yosh bola. Shu sababli u ruhshunos qabuliga boradi, ammo bu samara bermayapti. U yo ruhshunosini o‘zgartirishi, yoki psixiatrga murojaat qilishi kerak. U hatto tuzukroq sanashni ham bilmaydi va bu ishni barmoqlar yordamida amalga oshiradi”, – deydi Fonseka.
“Bundan tashqari, bir vaqtlar yoshlar terma jamoasining uch nafar futbolchisi menga qo‘ng‘iroq qilib, Suares bilan sodir bo‘layotgan noxush holat haqida so‘zlab bergandi. To o‘lgunimga qadar bu haqda hech narsa aytmayman. Bu juda noqulay haqiqat edi va Luis uni qabul qilmadi. Yolg‘on o‘rniga haqiqatni aytadigan do‘stlarim bo‘lishini xohlayman. Shuningdek, Suares unga go‘yoki 200 ming dollar qarz ekanim yolg‘onligini tan olishini istayman. Agar u mard bo‘lsa, men unga aytishim kerak bo‘lgan gaplarni tan olsin”, – deya fikriga yakun yasadi Suaresning sobiq agenti.
Izoh (0)