Qarshi shahrida ITF turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil qiluvchi Karshi ITF Pro Circuit tennis turniri davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Musobaqaning asosiy to‘r bahslarida yetti nafar o‘zbekistonlik tennischi o‘z ishtirokini boshlagan edi. Ulardan uch nafari ayni paytga kelib kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi davra uchrashuvlaridan so‘ng o‘zbekistonlik tennischilardan Sanjar Fayziyev, Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Jo‘rabek Karimov belgiyalik Sander Jilleni 4:6, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Humoyun Sultonov turnirning 5-raketkasi slovakiyalik Filipp Xoranskidan 7:6, 7:5 hisobida ustun keldi. Sanjar Fayziyev esa musobaqada 7-raqam ostida harakat qilgan hindistonlik Sumit Nagalni 6:1, 6:4 hisobida yengdi.
O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov esa ikkinchi davrada belaruslk Ilya Ivashkaga 4:6, 7:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)