Ispaniya chempionati 31-turida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Madridning “Real” jamoasi futbolchilari o‘yindan so‘ng klub prezidenti Florentino Peresga Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lishga va’da bergan. Bu haqda ispaniyalik jurnalist, Marca nashrining sobiq bosh muharriri Eduardo Inda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Ha, ‘Real’ futbolchilari ‘Barselona’ni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Peresga YeChL g‘olibi bo‘lishga va’da bergan”, – dedi Inda Ispaniya televideniyasining El Chiringuito de Jugones ko‘rsatuvida.
Eslatib o‘tamiz, YeChL chorak finalining dastlabki o‘yinida “Real” safarda “Volfsburg” klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javob o‘yini 12-aprel, seshanba kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)