Xitoyning Sindao shahrida yashovchi yigit 600 ta shardan o‘z qallig‘i uchun ikkita to‘y libosi yaratdi, deb yozadi Mashable. Yangi ko‘ylaklarni kiyib, qiz kuyov bilan ko‘chalarni kezdi va fotosessiyada ishtirok etdi.
To‘ylarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan 25 yoshli Lu Kepen ko‘ylaklarni loyihalashtirish va yaratish ustida bir kecha ishladi. Ulardan birini yigit nikoh marosimi uchun oq rangdagi, ikkinchisini esa rang-barang sharlardan yasadi.
Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining bu ishi bilan qallig‘i Su Syuenoga uni qanchalik qattiq sevishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)