“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi jurnalistlik tekshiruvlari xalqaro konsorsiumi (ICIJ) va Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasining tarqatgan tuhmati uchun tegishli organlarga shikoyat qilmoqchi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Avvalroq Messi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlab, o‘z daromadlarini yashirish va pul yuvish maqsadida Panamada Mega Star Enterprises kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazgani va ofshor kompaniyalar mojarosiga aralashib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Messi va uning oilasi barcha ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanini isbotlamoqchi.
Izoh (0)