Madridning “Real” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Qirollik klubi”ning amaldagi ustozi Zinedin Zidan uning futbolga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Zinedin Zidan 1999-yildan 2001-yilgacha “Yuventus”da Karlo Anchelotti qo‘li ostida to‘p surgan.
“Zidan bilan birinchi marta ‘Yuventus’dagi faoliyatimning ilk yillarida to‘qnash kelib, u fantastik futbolchi ekanini tushunib yetganman. Zidan men uchun asosiy futbolchi edi va u futbolga bo‘lgan dunyoqarashimni, g‘oyamni o‘zgartirishga yordam bergan. Avvallari barcha o‘yinlarda 4-4-2 sxemasini qo‘llar edim. ‘Yuventus’da o‘yin uslubimni o‘zgartirdim. Zizu ikki hujumchi ostida harakat qilib, ajoyib o‘yin namoyish qilar edi”, – deydi italiyalik mutaxassis.
Qayd etish joiz, Zidan 2013/14-yilgi mavsumda “Real” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Karlo Anchelottiga assistentlik qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik 43 yoshli mutaxassis Zinedin Zidan 2016-yilning 4-yanvarida “Qirollik klubi”ga bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Izoh (0)