Hindiston sudi 1991-yilda bir guruh sikx ziyoratchilarini o‘ldirgan 47 nafar politsiyachini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda India Today gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Dastlab ushbu ish bo‘yicha 57 kishi aybdor deb topilgan, biroq ulardan o‘n nafari 25 yillik sud jarayoni davomida vafot etgan. 1-aprel, juma kuni sudda 20 nafar aybdor qatnashgan, qolgan ayblanuvchilar qidirilmoqda.
Prokuraturaning aniqlashicha, politsiya xodimlari xizmat lavozimida ko‘tarilish uchun o‘sha paytlarda sikx jangarilarining hujumlaridan aziyat chekkan Uttar-Pradesh shtatida ziyoratchilarni otib tashlagan.
Gazetada yozilishicha, politsiyachilar ziyoratchilar va ularning oilasini olib ketayotgan avtobusni to‘xtatib, undan 11 kishini tushirib olgan. Ularni o‘rmonga olib borib, otib tashlagan.
Izoh (0)