Panama prezidenti Xuan Karlos Varela o‘z mamlakati jurnalistlar xalqaro konsorsiumi tomonidan ofshor kompaniyalar orqali amalga oshirilgan kelishuvlar haqida chop etilgan maqolalar “izidan borib” qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar bilan faol hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Panama rahbariyati mamlakatning iqtisodiy sohasidagi har qanday noqonuniy faoliyatga nisbatan “nolga teng chidamlilik” siyosatidan voz kechmaydi.
Nashr eslatishicha, Mossack Fonseca kompaniyasi ma’lumotlar bazasidan axborot chiqib ketishi natijasida OAVlarda qator dunyo yetakchilari va ularning yaqinlari pul yuvish va soliqlardan bosh tortish bo‘yicha sxemalarga aloqadorligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.