Global Finance Magazine nashri Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga asoslanib, yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyoning eng boy mamlakatlari reytingini tuzdi, deb yozadi “Vesti Ekonomika”.
Bunda xaridorlik qobiliyatining aholi jon boshiga nisbatiga asoslanildi. Reyting mamlakatlardagi yashash xarajatlari qiymati va inflyatsiya darajasini hisobga oladi.
Reytingda yuqori 25 talikka asosan Yevropa mamlakatlari, AQSh va Kanada kirdi. Buyuk Britaniya 27-o‘rinni egalladi.
Ba’zi kichik mamlakatlar, jumladan Lixtenshteyn, Nauru, Vatikan, Monako, San-Marino va Andorra tadqiqotga kiritilmadi.
Reytingda birinchi o‘rinni aholi jon boshiga 146 ming dollar bilan Qatar band etdi. Keyingi o‘rinlarni Lyuksemburg (94 ming dollar), Singapur (84,8 ming dollar), Bruney (80,3 ming dollar), Kuvayt (71,6 ming dollar) egalladi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga 5,9 ming dollarni tashkil etdi, natijada mamlakat ro‘yxatning 127-pog‘onasini band etdi.
Rossiya kishi boshiga 25,3 ming dollarlik YaIM bilan 51-o‘rinda, Qozog‘iston 50 (25,3 ming dollar), Qirg‘iziston 142 (3,5 ming dollar), Tojikiston 153 (2,8 ming dollar), Turkmaniston 77-o‘rinda (15,8 ming dollar) joylashdi.