Ronaldu “El-Klasiko”da kiritilgan gollar bo‘yicha Rauldan o‘tib ketdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi (2:1) Ispaniya chempionati 31-turida jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi va “El-Klasiko”da kiritgan gollari sonini 16 taga yetkazib oldi, deb xabar beradi “Chempionat”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi “Real”ning sobiq hujumchisi Rauldan (15 ta gol) o‘tib ketdi va “El-Klasiko”da eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“El-Klasiko”da eng ko‘p golni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi kiritgan. Prinsipial raqiblar o‘rtasida kechgan o‘yinda argentinalik 21 ta golga mualliflik qilgan. “Real”ning sobiq hujumchisi Alfredo Di Stefano “El-Klasiko”da 18 ta gol kiritgan.

Mavzuga oid:

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing