Barselona shahri meriyasi Ispaniya qirolining singlisi, infanta (malika) Kristina hamda Kataloniya hukumatining sobiq raisi Jordi Pujolni shahar oltin medalidan mahrum qildi. Qaror 1-aprel, juma kuni qabul qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Bunday qarorning qabul qilinishi infanta va muxtoriyatning sobiq rahbari aloqadorlikda gumon qilinayotgan moliyaviy qalloblik bo‘yicha sud ishi bilan bog‘liqdir. Pujol 2014-yildayoq o‘z aybini qisman tan olib, uni oltin medaldan mahrum etishlarini taklif qilgandi. Yanvar oyida esa “Kataloniya so‘l respublikachilari” ayirmachi partiyasi infantaga nisbatan ham shunday chora ko‘rish taklifini bildirdi.
Izoh (0)