Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) uchta klubni yevrokuboklardan chetlatgani haqida rasmiy xabarni e’lon qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
UEFA Ukrainaning “Dnepr”, Ozarbayjonning “Inter” hamda Ruminiyaning “Tirgu-Muresh” klublarini musobaqadan chetlatdi.
Nashrning yozishicha, yuqorida keltirilgan uchta klub qarzlari tufayli UEFAning sanksiyalari ostiga tushdi va yevrokuboklarda bir mavsum davomida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.
Ushbu jazo har bir klub kelasi uch mavsumdan birontasida (2016/17, 2017/18 va 2018/19) yevrokuboklarga yo‘llanma olsa, kuchga kiradi.
Izoh (0)