“Barselona” va “Real” futbol klublari o‘rtasidagi 2016-yilning birinchi “El-Klasiko”si 2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ikki jamoa ham mavsumning markaziy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.
To‘qnashuv oldidan bir qator futbolchi va murabbiylar fikr bildirdi va bu o‘yinoldi bayonotlarining so‘nggisi emas.Karlos Kazemiro, “Real Madrid” yarim himoyachisi
“‘Real’ga befarq bo‘lmagan barcha-barchani o‘zgacha hafta kutib turibdi. Bu men istagan uchrashuv. O‘ylaymanki, g‘alaba qozona olamiz. ‘Barselona’ bilan o‘yinda qalbimizni stadionga beramiz. Muxlislarimizdan bizga ishonishda davom etishlarini so‘rayman, chunki biz doimo 100 foiz kuch bilan harakat qilamiz”.Andres Inyesta, “Barselona” yarim himoyachisi
“24-mart kuni ‘Barselona’ afsonasi Yoxan Kruiff vafot etdi. Unga minnatdorchilik bildirishning eng yaxshi yo‘li — ‘Real’ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish. Bu bizga qo‘shimcha ishtiyoq o‘rnida xizmat qiladi. Umid qilamanki, ‘El-Klasiko’ ko‘tarinki ruhda o‘tadi. ‘Real’ni Mourinyo boshqargan uch yil davomida ‘Klasiko’dagi mash-mashalar hech birimizga foyda keltirgani yo‘q. Biz hammamiz faqat futbol haqida o‘ylashni xohlaymiz”.Keylor Navas, “Real Madrid” darvozaboni
“Biz qo‘llarimizni pastga tushirganimiz yo‘q — bu ‘Real’ga xos emas. Bu jamoa libosida bor kuching bilan harakat qilishga majbursan. Bellashuvni butun dunyo tomosha qiladi. Shunday ekan, 3 ochko uchun emas, faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynashimiz kerak bo‘ladi”.Garet Beyl, “Real Madrid” yarim himoyachisi
“Biz ‘Barselona’dan 10 ochko ortda qolyapmiz. Imkonimiz bor ekan, oradagi ochkolar farqini yo‘qqa chiqarish uchun oxirigacha kurashamiz. Shanba kuni farqni 7 ta qilish uchun o‘ynaymiz”.Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi
“Sog‘lig‘im bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Endi Barselonaga qaytib, ‘Real’ga qarshi ‘Klasiko’ haqida o‘ylash vaqti yetdi. Bu ‘Barselona’ uchun jiddiy imtihon bo‘ladi”.
Izoh (0)