Fransiya terma jamoasi va “Barselona” klubi himoyachisi Jeremi Matyo jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, 6–8 haftaga safdan chiqdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Fransiyalik futbolchi Rossiyaga qarshi (4:2) o‘rtoqlik o‘yinida tizzasidan jarohat oldi. U ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, 9 daqiqadan so‘ng o‘yinni tark etishga majbur bo‘ldi. Jeremi Matyo olgan jarohati tufayli Yevro–2016 turniridagi ishtirokini xavf ostiga qo‘ydi.
Joriy mavsumda 32 yoshli himoyachi “Barselona”ning 31 o‘yinida maydonga tushdi. Fransiya terma jamoasi safida u 5 marta maydonga tushgan.
Izoh (0)