GFRning Duysburg shahrida kemasozlik korxonasi akvatoriyasidagi portlash natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi vakili ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Portlash mahalliy vaqt bo‘yicha 08:40 da dokdagi tankerda yuz bergan. Tanker bortida bo‘lgan ikki ishchi halok bo‘lgan. Yana bir kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Hozirgi paytda voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar jamoasi yetib kelgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingan.
Izoh (0)