“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 30-mart kuni Oracle kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Unda Oracle kompaniyasi vakillari Texnologik konsalting departamenti direktori Mark Rikvin va O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi sohasidagi buyurtmachilar bilan ishlash uchun mas’ul Mixail Kudryavsev bilan direktor o‘rinbosari Elyor Rahmonov boshchiligidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari uchrashdi.
Uchrashuv davomida rossiyalik mehmonlar yuqori natija beruvchi tizimlarni yaratuvchi Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining yangi imkoniyatlarini namoyish etdi.
Bundan tashqari, Oracle Database 12c yangi ishlanmasi namoyish etildi. U 500 dan ortiq imkoniyat bilan ta’minlangan, bulutlar uchun yaratilgan, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, xavfsizlikni ta’minlash imkonini beruvchi dunyodagi birinchi ma’lumotlar bazasidir.
Uchrashuv ishtirokchilari hududda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash masalasini batafsil muhokama qildi.
Izoh (0)