Bugun, 31-mart kuni “Bunyodkor” — “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 3-turi start oladi. Kecha, 30-mart kuni har ikki klubning yoshlar jamoasi o‘zaro maydonga tushdi, deb yozadi “Bunyodkor” klubining rasmiy sayti.
“Mash’al” yoshlariga qarshi o‘yinda mezbonlar darvozasini himoya qilgan Pavel Bugalo bu vaqtda 41 yosh-u 220 kunlik edi. Ma’lumot o‘rnida, Pavel Bugalo futbolchilik faoliyatini 1991-yilda boshlagan bo‘lsa, 30-mart kuni “Mash’al” yoshlari safida faqat bitta o‘yinchi — darvozabon Botir Nosirovdan boshqa barcha futbolchilar 1991-yildan keyin tug‘ilgan yigitlar edi.
“Bunyodkor” yoshlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan o‘yinda Zabihillo O‘rinboyev dubl qayd etdi. Hujumchi aynan 30-mart kuni o‘zining yigirma birinchi bahorini nishonlayotgandi. Tug‘ilgan kun egasining ikki goliga muborakliklardan Maradona Safarov bir marta javob qaytardi.
O‘zbekiston Yoshlar Ligasi 3-tur uchrashuvi 30-mart, chorshanba
Izoh (0)