Rossiyaning Amursk viloyati Mazanovskiy tumanida joylashgan shifoxonaning jarrohlik bo‘limi hamshirasi shifokorlik sirini buzganligini uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda hududiy prokuratura ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 2016-yilning 14-fevralga o‘tar kechasi o‘q uzish oqibatida yaralangan mahalliy fuqaro shifoxonaning qabul bo‘limiga yetkazilgan.
Bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan hamshira bemorning roziligisiz uni suratga olgan. Shundan so‘ng, smartfonidagi WhatsApp dasturi orqali bemor suratini tanishiga yuborgan, u esa suratni internet tarmog‘iga joylashtirgan.
Kelishuvga muvofiq hamshira shifokorlik sirini oshkor qilishi, jumladan, bemorni uni roziligisiz suratga olishi mumkin bo‘lmagan. Tekshiruv natijalari yakuni bo‘yicha bemorni suratga olgan hamshira ishdan bo‘shatilgan.
Izoh (0)