Futbol bo‘yicha Argentina termasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi mamlakat terma jamoasi safidagi 50-golini kiritdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Ushbu voqea Janubiy Amerika qit’asidagi JCh–2018 saralash bahslari 6-turida, Argentinaning Boliviyaga qarshi kechgan o‘yinining 30-daqiqasida yuz berdi. 28 yoshli hujumchi penaltidan unumli foydalanib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2005-yildan buyon Argentina terma jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. U shu kungacha mamlakat termasida 106 o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh (0)