Belgiyalik 22 yoshli velopoygachi, Roubaix Lille Métropole jamoasining a’zosi bo‘lgan Dan Myunxger yurak xurujidan vafot etdi. Sportchi o‘z organlarini o‘limidan so‘ng muhtoj insonlarga transplantatsiya qilinishini vasiyat qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Dan boshqalarga yordam berish uchun o‘z organlaridan voz kechdi. Bu uning istagi edi”, – deyiladi marhum velopoygachining Roubaix Lille Métropole jamoasi xabarida.
27-mart, yakshanba kuni Dan Myunxger Fransiyadagi Criterium International–2016 turniri birinchi bosqichida yurak xuruji bilan Ayachcho shahridagi shifoxonaga yetkazildi. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan sportchi o‘sha yerning o‘zida jon berdi.
28-mart, dushanba kuni boshqa bir belgiyalik velopoygachi, Wanty-Groupe Gobert jamoasining 25 yoshli a’zosi Antuan Demuatye Belgiyadagi Gent-Wevelgem–2016 poygasida mototsikl bilan to‘qnashib, olingan jarohatlari oqibatida Lill shahridagi shifoxonada vafot etdi. Uning organlari uch kishining jonini saqlab qolgani ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)