Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turniri davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Kecha, 28-mart kuni -49 kg vazn toifasida dunyo bokschilari reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Hasanboy Do‘smatov qirg‘izistonlik Turat Osmonovni mag‘lubiyatga uchratdi.
-69 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov o‘zining ilk jangida yaponiyalik Ryuji Satoga qarshi ringga ko‘tarildi va 3:0 hisobida raqibini mag‘lub etdi.
-52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston vakili Shahobiddin Zoirov ham saralash bahslarini g‘alaba bilan boshladi. U singapurlik Xanurdin Hamiddan ustun keldi.
-81 kg vazndagi O‘zbekiston terma jamoasining eng tajribali bokschilaridan biri Elshod Rasulov esa mezbonlar vakili Guojun Shini yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Osiyo va Okeaniya mintaqalari qo‘shma turnirida har bir vazn toifasida 1–3-o‘rinlarni egallagan sportchilar Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)