Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dasturchilari O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sayyohlik firmalari va mehmonxonalarning ma’lumotlar bazasini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar beradi.
Mazkur baza O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sayyohlik firmalari va mehmonxonalarning internet saytlari, pochta manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari haqidagi ma’lumotlarni qidirish uchun mo‘ljallangan (Skype va ICQ).
Dastur ma’lumotlarni kiritish, tuzatish, kalit so‘zlar bo‘yicha qidirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sayyohlik firmalari va mehmonxonalar haqida axborot olish kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Mazkur ma’lumotlar bazasi turistik firmalar va mehmonxonalar haqida ma’lumot olishda sayyohlarning talablarini to‘liq qondiradi. Ma’lumotlar bazasi sinovdan yaxshi o‘tgan, ishlatishda ishonchli, qulay grafik interfeys bilan ta’minlangan hamda foydalanuvchidan dasturlash sohasida maxsus bilimlarni talab qilmaydi.
Hammualliflar — Safarov Baxodirxon va Tuxliyev Iskandarga ushbu ma’lumotlar bazasi uchun № BGU 00327 raqamli guvohnoma berildi.
Izoh (0)