2016-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat davomida 2016-yilning 23—25-mart kunlari Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining kengashi natijalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)