Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 saralashi doirasidagi o‘yinga chiqarilgan chiptalar stadion kassalarida qolmagan. Bu haqda, “Bunyodkor” stadioni kassalaridagi manbaga tayanib, “Championat.asia” xabar berdi.
Saytda yozilishicha, O‘zbekiston — Filippin terma jamoalari o‘rtasida 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kabi, Bahrayn bilan o‘yinda ham stadion muxlislar bilan to‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston — Bahrayn o‘yini 29-mart soat 18:00 da start oladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan JCh saralashlarida ochko yo‘qotmagan va gol o‘tkazmagan
O‘zbekiston termasi Bahraynga qarshi Toshkentda bo‘lgan o‘yinlarda bittadan ortiq gol ura olmagan
O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi kurashidan chiqib ketishi uchun 29-martda nima bo‘lishi kerak?
Izoh (0)