AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivensning ma’lum qilishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan Moskvaga tashrifi davomida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etishning muhimligini muhokama qilgan va Amerikaning Bashar Asadning hokimiyatdan ketishi zarurligi yuzasidan pozitsiyasini tasdiqlagan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Direktor Brennan Rossiya rasmiylari bilan aloqalarda Rossiya va Asad rejimining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlariga rioya etishining muhimligini ta’kidlash maqsadida mart oyining boshida Moskvaga tashrif buyurdi”, — deydi matbuot kotibi.
Stivensning so‘zlariga qaraganda, Brennan, shuningdek, AQShning Suriyadagi siyosiy o‘tish jarayoni va Asadning hokimiyatdan ketishini qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha pozitsiyasini tasdiqlagan.
Izoh (0)