Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni, joriy yilning 25-mart kuni 40 yoshini qarshi olgan ukrainalik Vladimir Klichko o‘zini yosh his qilishiga qaramay, katta sportdan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
“Menda qarish borasida hech qanday qo‘rquv yo‘q. 40 – sondan o‘zga narsa emas. O‘zimni ham jismonan, ham ma’nan yosh his qilyapman. Faoliyatni yakunlash haqida o‘ylash oson emas, ammo uzoq vaqtdan buyon ringni tark etishga tayyorgarlik ko‘ryapman. 26 yildan buyon katta sportdaman. Shu yillar mobaynida orttirilgan tajribani boshqalar bilan bajonidil baham ko‘raman. K2 Promotions va Klitschko Management Group’da ishlashda davom etaman”, – deydi Vladimir Klichko.
Izoh (0)