FIFA referisi Ravshan Ermatov, FIFA laynsmenlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovdan iborat o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi AQShga yetib bordi. Hakamlar brigadasining AQShda tushgan suratini O‘FF Terma jamoalar markazi menejeri Sherzod Igamberdiyev Facebook’dagi sahifasida e’lon qildi.
Ravshan Ermatov va uning yordamchilari AQSh va Kolumbiya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi Rio—2016 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi qit’alararo pley-off javob uchrashuvini boshqarib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 30-mart, chorshanba kuni soat 6:30 da start oladi.
Kolumbiya va AQSh olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 25-mart kuni o‘tkazilgan. Turkiyalik referi Junayt Chaqir boshqarib borgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgan. Javob o‘yini g‘olibi Rio-de-Janeyroda bo‘ladigan Olimpiadaning futbol musobaqasiga yo‘l oladi.
Izoh (0)