“Boyqo‘ng‘ir” kosmodromi, Balxash ko‘li Qozog‘istonning eng mashhur joylari sirasiga kiradi. Ammo bu mamlakatda, umumjahon miqyosida e’tirof etilmagan bo‘lsa ham, sayyohlarga xush kelishi aniq bo‘lgan bir qancha boshqa obyektlar ham mavjud. “Flytothesky.ru” mana shunday joylar haqida hikoya qiladi.
Qayindi
Olmaota viloyatida joylashgan Qayindi ko‘li 1911-yilda zilziladan so‘ng hosil bo‘lgan. Ko‘plab noyob Tyan-Shan qoraqarag‘aylari halok bo‘lgan, ammo ularning tanalari hamon turibdi. Ko‘lda suv harorati 6 darajadan oshmaydi. Bu joy mahalliy g‘avvoslar orasida juda mashhur.
Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi
Maqbara XIV asrda mashhur shoir va diniy olim Ahmad Yassaviy qabri ustida Amir Temur tomonidan qurdirilgan. “Hazrat Sulton” tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasining asosiy obyekti bo‘lgan maqbara musulmonlarning ziyoratgohlaridan biri hamdir.
Bektau-Ota
Balxash ko‘lidan 70 kilometr shimolda joylashgan Bektau-Ota darasi o‘z tabiati bilan uni o‘rab turgan dashtdan keskin farq qiladi. Shuningdek, u yerda bir talay kichik-kichik ko‘llar mavjud.
Beket-Ota
Mang‘istau viloyatining Og‘landi degan joyida yer olgan Beket-Ota masjidi XVII asrda qurilgan. Keyinchalik u XVIII asrda yashagan tabib va avliyo zot sharafiga shunday nom olgan. Uning ichiga kirish uchun yer ostiga 1500 metr chuqurlikka tushish talab etiladi.
Boyterak
Boyterak monumenti 1996–2002-yillarda qurilgan. Inshootning balandligi 97 metrni tashkil qiladi. 1997-yilda Ostona Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilingan, ya’ni monumentning balandligi mamlakat tarixining yangi sahifasini ramziy ifodalaydi.
Inshoot tepasida prezident Nursulton Nazarboyev qo‘lining izi bor. Atrofda esa yirik bog‘ zonalari tashkil qilingan.
Izoh (0)