“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu har doim “Oltin to‘p”ga loyiq bo‘lganligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.
“Ronaldu barcha ‘Oltin to‘p’ mukofotlarini haqli ravishda qo‘lga kiritgan. Ovoz berish jarayonida murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va FIFA ishtirok etgan. U har doim ushbu mukofotga loyiq bo‘lgan”, – deydi argentinalik futbolchi.
Shuningdek, Lionel Messi futbolchilik faoliyati yakuniga qadar “Barselona”da to‘p surishini ma’lum qildi.
“Menga Angliya va Italiya futboli yoqadi. Ko‘pchilik futbolchilar o‘yinini kuzatib boraman, lekin avval aytganimdek, uzoq yillar davomida ‘Barselona’da to‘p surib, faoliyatimni shu yerda yakunlamoqchiman. Umid qilamanki, hech narsa o‘zgarmaydi. Biroq futbol kutilmagan voqealarga boy va yangi kun nima olib kelishini hech kim bilmaydi”, – deya fikriga yakun yasadi Messi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi La Liga doirasida 23 o‘yinda 22, Ronaldu esa 30 o‘yinda 28 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)