Xitoy, Suriya va Turkiya 70 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan Pokistondagi teraktni qoraladi hamda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
27-mart, yakshanba kuni Pokistonning Panjob viloyati poytaxti Lahor shahrida Gulshani Iqbol bog‘idagi bolalar maydonchasida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborganligi haqida ma’lum qilingan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 72 kishiga yetgan va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Shuningdek, 300 dan ortiq kishining yaralanganligi ma’lum qilinmoqda.
XXR TIV rasmiy vakili Xun Ley Xitoy Lahordagi teraktdan shokka tushganligini va sodir bo‘lgan hodisani qoralashini ma’lum qildi.
Suriya hukumati ham Lahordagi teraktni keskin qoraladi va Pokiston hukumati, xalqi va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham Pokiston xalqiga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ham Lahordagi terakt munosabati bilan Pokiston Prezidenti Mamnun Husayn va Bosh vaziri Navoz Sharifga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)