2015-yilning mart oyida Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti delegatsiyasi oliy o‘quv yurti prorektori Szyan Fen boshchiligida Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar beradi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati bilan uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Shu kunlarda Shanxayda ikki o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan kelishuv rasman imzolandi.
Hujjat o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirishlarni tashkil etish, zamonaviy xalqaro munosabatlardagi muammolarni o‘rganishga alohida urg‘u berilgan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)